Sadritdinov Aloviddin
Katta o'qituvchi
- Tajriba: 25+ yil
- 1000+ bitiruvchi

Savod Markazi
Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — ish vaqtida bog'lanamiz.
Kurs yakunida o'quvchi arab alifbosini to'liq biladi, harakatlar bilan yozilgan matnni to'g'ri talaffuz bilan o'qiydi va arab tilidagi oddiy kitobni mustaqil o'qiy oladi.
Arab tili markazimizning asosiy yo'nalishi va biz eng ko'p tajriba to'plagan soha. Darslar xalqaro Misr metodikasi asosida olib boriladi.
Metodikaning mohiyati shundaki, o'quvchi darhol qoidalarni yodlashga o'tmaydi. Avval ko'z va til harfga ko'nikadi, keyin bo'g'in, so'ng so'z va faqat shundan keyin grammatika kiritiladi. Shuning uchun 4 yoshli bola ham, 50 yoshli kattalar ham bir xil ishonch bilan boshlaydi.
Har bir dars 90 daqiqa davom etadi va uch qismdan iborat: o'tgan mavzuni ovoz chiqarib takrorlash, yangi mavzu tushuntirish va guruhda amaliy mashq. Uyga vazifa har darsda beriladi va keyingi darsda tekshiriladi.
Guruhda 12 dan 20 gacha o'quvchi bo'ladi. Bu son tasodifiy emas: kichikroq guruhda o'quvchi ovoz chiqarib o'qishga uyaladi, kattaroq guruhda esa har kimga navbat yetmaydi.
Haftasiga 2–3 marta qatnagan o'quvchi o'rtacha 7–9 oyda kursni tugatadi. Muddat qat'iy emas davomat va uy vazifasini bajarishga bog'liq. Tez o'zlashtiradiganlar uchun jadal guruhlar mavjud.
Oylik to'lov filial va guruh jadvaliga qarab 560 000 dan 720 000 so'mgacha. Bir oiladan ikki va undan ortiq bola qatnasa, har biriga 20 000 so'm chegirma qo'llanadi.
Birinchi dars bepul: ustozni, guruhni va o'quv xonasini ko'rib, keyin qaror qilasiz.
Katta o'qituvchi
Katta o'qituvchi
Oliy toifali o'qituvchi
O'qituvchi
O'qituvchi
O'qituvchi
Toshkent, Chilonzor tumani, Integro savdo markazi
Toshkent, Shayxontohur tumani, Chorsu Texnomart
Toshkent, Yashnobod tumani, Tapovich tug'ruqxonasi yonida
Toshkent, Olmazor tumani, Oxunboboyev «Korzinka» yonida
Toshkent, Sergeli tumani, «Jiz-biz» milliy taomlari yonida
Toshkent, Chilonzor tumani, Qatortol bozori yonida
Kurs yakunida siz arab alifbosini to'liq bilasiz, harakatlar bilan yozilgan matnni to'g'ri talaffuz bilan o'qiysiz va arab tilidagi oddiy kitobni lug'atsiz mustaqil o'qiy olasiz. Ya'ni asosiy natija — mustaqil o'qish ko'nikmasi. Undan keyin qaysi mavzudagi kitobni o'qish sizning tanlovingiz.
Fonetika — bu o'qish: harflarni tanish, harakatlarni to'g'ri talaffuz qilish, bo'g'in va so'zni ravon o'qish. Bu birinchi bosqich. Grammatika — bu tushunish: so'z turkumlari, gap tuzilishi va so'zlar orasidagi bog'liqlik. Bu ikkinchi bosqich va faqat o'qish ko'nikmasi mustahkamlangandan keyin kiritiladi. Ikkalasi bitta kurs ichida ketma-ket o'tiladi.
Uy vazifasi har darsda beriladi va keyingi darsda tekshiriladi. Bu asosan o'qish mashqi — o'tilgan harf va so'zlarni ovoz chiqarib takrorlash. Kuniga 15–20 daqiqa muntazam mashq qilgan o'quvchi jadvaldan orqada qolmaydi. Uy vazifasini bajarmaslik kursni cho'zilib ketishining asosiy sababi.
Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — ish vaqtida bog'lanamiz.